PROFЕSSIONAL BOKS: Direktor Butunjahon Kongressda, Bahodir va Elnurdan esa gʻalabalar

Bahodir Jalolov ikkinchi jangini ham muvaffaqiyatli oʻtkazdi, Elnur Abduraimov esa ilk jangida gʻalaba qozondi.
Ayni paytda Ukraina poytaxti Kiyev shahrida WBC (Butunjahon Boks Kengashi) doirasidagi yillik Kongressi boʻlib oʻtmoqda. 56-bor oʻtkazilayotgan tadbirda mazkur yoʻnalishning sobiq va amaldagi chempionlari, murabbiylar, promouterlar, menejerlar, tibbiyot xodimlari, hakamlar ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz nomidan Oʻzbekiston professional boks Federatsiyasi bosh direktori, xalqaro toifadagi hakam Nabijon Ismanov qatnashmoqda.
6d8f13de-7b1b-4d60-b0ec-14477f7d601f.jpg
Kongress davomida hamyurtimiz bir qator professional boks olami vakillari bilan uchrashib, oʻzaro fikr almashishga ham vaqt topa olmoqda.Jumladan, WBC ning amaldagi prezidenti Mauritsio Sulaymon, afsonaviy Klichko, Mark Antonio Barrera, Amirxonlar bunga misol boʻla oladi.
Professional boks haqida gap ketganda ikki nafar hamyurtimiz kecha AQSH ringlarida oʻzlarining nimalarga qodir ekanligini namoyish etishganini ham taʼkidlash joiz.
AQSHda ringga koʻtarilgan hamyurtlarimiz Bahodir Jalolov hamda Elnur Abduraimovlar raqiblarini nokautga uchratishdi. Bahodir uchun bu jang professional boksda ikkinchisi boʻlgan boʻlsa, Elnur va nihoyat ilk jangini oʻtkazdi va gʻalaba qozondi.

 

O’zA