“Agrobank” shu paytgacha qariyb 2,4 million plastik kartani muomalaga chiqargan

Yurtimizda xorijlik sayyohlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Agrobank”ning savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalariga oʻrnatilgan terminallar orqali Xitoyning China Union Pay xalqaro plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish imkoniyati yaratilgan.
Joriy yilning 1 sentyabr holatida “Agrobank” aholiga qariyb 2,4 millionta plastik karta, xoʻjalik yurituvchi subyektlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 24 mingdan ortiq korporativ plastik kartalarni muomalaga chiqardi.
Ayniqsa, paxta va boshoqli don mahsulotlari yetishtiruvchi fermerlar imtiyozli kreditlarni mobil ilova orqali olish va kerakli taʼminotchi korxonalarga mablagʻlarni masofadan turib oʻtkazish imkoniga ega boʻldi. Bugungi kunga kelib, “Agrobankmobile-biznes” ilovasidan foydalanayotganlar soni 40 mingdan oshdi.
Bu va yana bir qator yangiliklar haqida “Agrobank” chakana xizmatlarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusidagi matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

 

OʻzA