2020 yil 1 yanvardan boshlab ish faoliyatiga qarab auditorlik tekshiruvidan oʻtish majburiydir

Prezidentimizning joriy yil 19 sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida hisobot yili yakuni boʻyicha quyidagi shartlardan bir vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi belgilandi. 
Aktivlarning balans qiymati eng kam ish haqining 100 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlgan holatda, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushum eng kam ish haqining 200 ming barobar miqdoridan ortiq boʻlsa, xodimlarning oʻrtacha yillik soni 100 kishidan ortiq boʻlsa ayni talablar asosida tekshiruvdan oʻtadi.
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi.
Majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

 

OʻzA