Yoshlar Qurolli Kuchlarimizga “VS” toifali haydovchi, oshpaz va chavandoz yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitiladi

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati hududiy kengashi tasarrufidagi Namangan avtomobil maktabi kursantlari safiga harbiy mutaxassislikni egallash orzusida boʻlgan yana 75 nafar oʻgʻlon qoʻshildi.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat hokimligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, akademik litseylarning harbiy guruh kursantlari, chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

– Maktabda taʼlim jarayoni samaradorligini oshirish uchun barchasharoit va imkoniyatlar mavjud, – deydi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi raisi A.Aloxoʻjayev. – Darslar oʻquvchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyat va mustaqil izlanishga boʻlgan intilishni rivojlantirish maqsadida oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublaridan, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foylanilgan holdaoʻqitiladi. “Vatanparvar” maktabida oʻqish istagida murojaat qilayotgan yoshlar safi tobora kengaymoqda. Bugungi marosimda ham shahar va tuman mudofaa boʻlimlari tomonidan intellektual va jismoniy jihatdan qatʼiy sinovlar asosida saralab olingan munosib yigitlar safga qoʻshildi.

11.jpg

15.jpg
Oʻqishga qabul qilingan yigitlar uch oʻquv guruhiga boʻlinib, mamlakatimiz Qurolli Kuchlariga “VS” toifali haydovchi, oshpaz va chavandoz yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislikka oʻqitiladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi N-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilarining koʻrgazmali chiqishlari namoyish etildi hamda litsey oʻquvchilari va ota-onalar Namangan avtomobil maktabi faoliyati, maʼnaviyat xonasi va yangi tashkil etilgan innovatsion oʻquv xonalaridagi sharoitlar bilan tanishtirildi.

 

Akromjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), OʻzA