Afgʻoniston: qurgʻoqchilik sabab odamlar oʻz uylarini tashlab ketmoqda

Afgʻonistonda hukm surayotgan qurgʻoqchilik oqibatida aholi ichimlik suvi axtarib, mamlakatdan tashqariga chiqishga majbur boʻlmoqda. Bu haqda “Al jazeera” telekompaniyasi xabar berdi.
Hozirgi kunda mamlakatning chorak million aholisi ichimlik suv va oziq-ovqat tanqisligidan aziyat chekmoqda. Telekompaniya xabariga koʻra, mamlakat aholisining chorak million qismi mamlakatda davom etayotgan qurgʻoqchilik va ocharchilik oqibatida oʻz yurtini tashlab ketishga majbur boʻlgan. 2 millionga yaqin odam ochlikda qolmoqda.

 

Z.Mirzaboyeva, OʻzA