Xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilandi

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta koʻrib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.

Qaror bilan Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishga doir litsenziya talablari va shartlari nizomda belgilangan. Unga koʻra, shtatda oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassis, shuningdek, mehnat migrantlarini yuborish nazarda tutilayotgan mamlakatlar tillarini yaxshi biladigan xodimning boʻlishi litsenziya talablaridan hisoblanadi.

Litsenziya olish uchun ariza beruvchi tegishli hujjatlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Hujjatlar ishchi organ – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan oʻn ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.

Litsenziya beringanligi uchun eng kam ish haqining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi tashkil etildi.

Quyida fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish faoliyatini litsenziyalash bosqichlari keltirilgan:

1.JPG
2.JPG
3.JPG

 

OʻzA