Oʻzbek palovi – dunyoning eng yaxshi koʻcha taomlari oʻnligida

Britaniyaning The Guardian nashri oʻzbek palovini dunyoning eng yaxshi koʻcha taomlari oʻnligiga kiritdi, deb yozmoqda xs.uz.
Shuningdek, roʻyxatda Fransiya blinchiklari, Ruminiya ponchiklari, Nepal chuchvarasi, Meksika, Tailand, Tayvan, Sloveniya, Kambodja va Chili taomlari tilga olingan.
Xabarda maqola muallifining soʻzlaridan iqtibos keltiriladi: “Oʻzbekistonning qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar, palov har doim sizga yaqin joyda boʻladi. Goʻyoki siz har doim ulkan qozon oldidasiz. Asosiy masalliqlari guruch, goʻsht va sabzavotlar. Menga noʻxot va mayiz solingani juda yoqadi. Toshkent bozorida sayr qilganimda, katta dasturxon atrofida oʻtirganlar oshga taklif qildi. Bu mehmondoʻstlikning eng yorqin namunasi”.

 

OʻzA