Denis Istomin “Chicago Challenger” turnirida gʻolib boʻldi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQSHning Chikago shahrida oʻtkazilgan “Chicago Challenger” turnirida bosh sovrinni qoʻlga kiritdi.
Denis mazkur musobaqada salvadorlik Marselo Arevaloni 6:4, 6:1, AQSH vakili Tommi Polni 7:5, 6:3, belgiyalik Rubin Bemelmansni 6:3, 6:4, yana bir mezbon tennischi Born Fratandjeloni 6:1, 6:2 hisobida magʻlubiyatga uchratib finalga yoʻl oldi.
Hal qiluvchi final oʻyinida D.Istomin mezbon tennischi Reylli Opelkani 6:4, 6:2 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa bosh sovringa ega chiqqan Denis ATR reytingining 125 ochkosini qoʻlga kiritdi.

 

J.Toshxoʻjayev, OʻzA