Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qoʻydi

Xalqimiz Vatanimiz mustaqilligining yigirma yetti yilligini ulkan yutuqlar, koʻtarinki kayfiyat bilan kutib olmoqda. Joriy yilda eng ulugʻ, eng aziz ayyomimiz mamlakatimiz boʻylab “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” degan ezgu gʻoya asosida nishonlanmoqda.
31-avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi boʻlgan Mustaqillik va ezgulik monumentiga gulchambar qoʻydi.
Mustaqil boʻlgan, tinchlik hukmron mamlakatda taraqqiyot boʻladi. Mustaqilligimizning yigirma yetti yilligi keng nishonlanayotgan shu kunlarda bu haqiqat yana bir bor oʻz ifodasini topmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham yodgorlik poyiga gullar qoʻydi.
d41c259b-1ef9-7d4d-9d47-cffb18e27720.jpg
72a8ed63-2d78-86eb-e7a0-b1f82a4e5b2a.jpg
49401e61-0708-73b4-4713-efebdcfb6b82.jpg

 

Ziyodulla Jonibekov, OʻzA