GM Uzbekistan mashinalari narxlari oshirilmaydigan bo‘ldi

GM Uzbekistan ishlab chiqargan avtomobillar narxi 1 avgustdan oshirilmaydi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar berdi.
“GM Uzbekistan avtomobillari narxi o‘zgartirilgani yo‘q. Xalqaro press-klubning 30 iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida muhokama qilingan narx masalasi, ushbu masalaning ijobiy va salbiy jihatlarini hisobga olgan holda, hozirgi vaqtda tegishli tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlikda har tomonlama o‘rganilmoqda”, — deyiladi “O‘zavtosanoat” bayonotida.
“O‘zavtosanoat” axborotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan avtomobillarning yangi narxlari va prays-listlari haqidagi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq narxlar o‘rtacha 14 foizgacha oshirilishi haqida xabar berilgandi.

 

xs.uz dan olindi