“Hunarmand” uyushmasi raisining ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi ishga tushdi

O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Abdullayevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi ish boshladi. 

http://fb.me/ulugbek.abdullayev.toxirovich deb nomlangan sahifada siz yurtimiz hunarmandlariga berilayotgan imtiyozlar, yaratilayotgan sharoitlar, o‘zbek hunarmandlarining nafaqat yurtimiz, balki xalqaro miqyosda erishayotgan yutuqlari bilan tanishishingiz mumkin.

Bu sahifalarda hunarmandlarimiz faoliyatidagi yangiliklarni kuzatib borish bilan birga sohada yechimini kutayotgan muammolar haqida, hunarmandlar faoliyatiga oid taklif va tavsiyalar, fikr-mulohazalar bildirishingiz mumkin.

 

O‘zA