Ubaydulla Mingboyev - Sudyalar oliy kengashi raisi etib tayinlandi

Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisini tayinlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Ushbu masala yuzasidan Sudyalar uyushmasida faoliyat yuritib kelayotgan Ubaydulla Mingboyev nomzodi ko‘rsatildi.

Nomzod senatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi va ushbu masala bo‘yicha tegishli Senat qarori qabul qilindi.

 

O‘zA