Dori vositalarini qat’iy narxlarda sotish talabi bekor qilindi

Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qat’iy narxlarda sotish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 iyunda “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, sifatli dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va O‘zbekiston farmatsevtika bozorining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qat’iy narxlarda sotish to‘g‘risidagi talabi bekor qilindi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarda amalga oshirilgan, dori vositalarini, jumladan, dori moddalari (substansiyalar) va dori preparatlari (keyingi o‘rinlarda dori vositalari deb ataladi)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalarini tan olish tartibini 2018 yil 1 avgustdan joriy etish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullandi.
Ijtimoiy dorixonalar tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish ularning sotib olish qiymati yoki ulgurji narxiga 10 foiz cheklangan savdo ustamasi qo‘llanilgan holda amalga oshirish belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olish;
Xavfsizligi, sifati va samaradorligi bo‘yicha shubha uyg‘otmaydigan dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun mas’ul bo‘lgan xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlarni tabaqalashtirish asosida;
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalari O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan dori vositalarini yuqori tartibga soluvchi talablar qo‘yilgan mamlakatlarning tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan taqdirda amalga oshiriladi.

 

O‘zA