Abituriyentlar hujjat topshirmoqda

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ham 2018/2019 o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilinmoqda.

Yangi o‘quv yilida mazkur ta’lim dargohining bakalavriat bosqichiga 47 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ming 290 va magistratura bosqichiga 24 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 113 nafar talaba qabul qilinadi.

Muassasada qabul komissiyasining samarali ishlashi, abituriyentlardan hujjatlarni tez va sifatli qabul qilish qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.

Ta’lim yo‘nalishlariga oid ma’lumotlar, qabul kvotalari qayd etilgan panolar, fakultetlar hayotidan hikoya qiluvchi ko‘rgazmali vositalar o‘rnatilgan.

5.jpg
7.jpg
9.jpg

 

Maqsad Habibullayev(surat) O‘zA