Sindaodagi festivalda o‘zbek kinofilmlari namoyish etiladi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi axborot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 12-17-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar kinofestivalida o‘zbek kinofilmlari ham namoyish etiladi.
Hozircha, festival tashkilotchilariga “Yo‘l bo‘lsin” va “Merosxo‘r” badiiy filmlari ingliz tilidagi subtitr bilan ta’minlangan holda taqdim etildi. Tashkilotchilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlarga binoan ushbu filmlar festival hayat a’zolari tomonidan tanlab olinib, festivalning asosiy dasturida namoyishga tavsiya etilgan.
Shuningdek, festival doirasida 14-15-iyun kunlari “SHHTga a’zo davlatlar kinofestivali ishtirokchilari kinobozori” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirda Xitoyning nufuzli kinokompaniyalari va media tashkilotlari ishtirokida filmlar prokatini ta’minlash va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi.
Tadbir davomida har bir ishtirokchi mamlakatga povilonlar ajratilib, milliykinematografiya namunalarini SHHTga a’zo mamlakatlar hududlarida namoyish etish imkoniyatlari o‘rganilib, tegishli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

 

O‘zA