TRT Avaz kanali O‘zbekistondagi yangi universitet faoliyati bilan bog‘liq maqola e’lon qildi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi qarori bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilgan edi.

Ushbu universitetning rektori etib tayinlangan Sherzod Qudratxo‘jayev ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilk tashrif bilan Turkiyada bo‘lib qaytdi. Bu haqdagi xabar Turkiyaning TRT Avaz kanali internet sahifasida chop etildi.

Safar asnosida Sherzod Qudratxo‘jayev Turkiya radio va televideniye korporatsiyasi, TRT kanali hamda Anqara universiteti aloqa fakultetida qator uchrashuvlar o‘tkazib, media-ta’lim sohasidagi hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish masalalari yuzasidan fikr almashgan.

 

Ulug‘bek Shonazarov tayyorladi. O‘zA