Poytaxtimizda Belarus Respublikasi madaniyati kunlari boshlandi.

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida belarus kinosi ijodkorlari tomonidan yaratilgan filmlar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida mazkur davlat san’at ustalari, ijodkor yoshlari ishtirokidagi konsert namoyish etiladi. “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadigan konsert dasturida yurtdoshlarimiz belarus musiqa san’atidan bahramand bo‘ladi.

Madaniyat kunlari doirasida Belarus mamlakatidan kelgan san’at va madaniyat namoyandalari poytaxtimizdagi diqqatga sazovor maskanlar, qadimiy obidalar, muzeylarga sayohat qilmoqda. Belarus san’ati ixlosmandlari ular bilan uchrashish, muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Nazokat Usmonova, O‘zA