Kegeylida qizilmiya ekstrakti ishlab chiqariladi

Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanida joriy yilda qizilmiya ekstrakti ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “Lanko Miya” O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi quriladi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilgan qo‘shma korxona asosan farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yiliga 30 ming tonna qizilmiyani qayta ishlash orqali 1000-1500 tonna ekstrakt tayyorlanishi kutilmoqda. Tuman aholisi uchun muhim yangilik bo‘lgan korxona joriy yilning 1 iyulida ish boshlashi rejalashtirilgan.

– O‘tgan yilning may oyida tashkil etilgan korxonamizga kommunikatsiya texnologiyalari va asbob-uskunalar keltirildi, – deydi “Lanko Miya” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Murod Gayipov. – Tumanda joriy yilda 29 ming gektar yerga qizilmiya ekishni mo‘ljallaganmiz. Korxonamiz ishga tushgandan keyin 200 yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning umumiy qiymati 3 million 760 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA

  13.03.2018, 11:12  |    87 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!