Karatechilarimizdan medallar shodasi

Avstriyada 2-4 mart kunlari karate bo‘yicha A seriya toifasiga kiruvchi musobaqa o‘tkazildi.

Nufuzli musobaqada 60 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sadriddin Saymatov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 67 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Iqboljon Uzoqov finalga qadar barcha janglarda g‘alaba qozondi va kumush medal sohibiga aylandi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslarda umidli sportchimiz Bahriniso Boboyeva bronza medali bilan taqdirlandi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA