2018-yilning 23-fevlar kuni Moskva shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.Bu haqda TIVning Matbuot xizmati xabar qildi.

FMinmoscow.png

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibidagi asosiy masalalar hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, 2017-yili ikki mamlakat o‘rtasida faol muloqot kuzatildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-5-aprel kunlari Rossiyaga bo‘lgan davlat tashrifi va Prezident Vladimir Putin bilan muzokoralar olib borgani muhim voqea bo‘ldi.

Vazirlar oliy va boshqa darajalardagi ikki tomonlama kelishuvlarni tadbiq etish bo‘yicha amaliy qadamlarga alohida e’tibor qaratdilar.

Suhbatda mintaqaviy xavfsizlikka, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatga jiddiy e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli xalqaro konferensiya muhim rol o‘ynashi lozimligi qayd etildi.

Uchrashuvda Rossiya tomoni Toshkent konferentsiyasining muvaffaqiyatli o‘tishidan manfaatdor ekanligini va unda yuqori darajada ishtirok etishini tasdiqladi.

Muzokaralar yakunida vazirlar tomonidan 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi Hamkorlik dasturi imzolandi.

Shuningdek, Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov OAV vakillari uchun qisqa chiqish qildilar va jurnalistlarning savollariga javob berdilar.

 

O‘zA