A.B.Usmanovni “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
 
f a r m o n i

Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash, mamlakatimizda yirik investitsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qoʻshgan katta hissasi, xalqimizning milliy qadriyati va boy tarixiy yodgorliklarini qayta tiklash va asrab-avaylash maqsadida Oʻzbekistonda diniy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni barpo etish borasidagi faol ishtiroki, Vataniga yoshlar uchun oʻrnak boʻladigan darajadagi samimiy muhabbati hamda respublikamizda turizm salohiyatini va sport sohasini rivojlantirishdagi hamkorligi uchun taniqli hamyurtimiz, Rossiyaning “USM Holding” aksiyadorlik jamiyati taʼsischisi va rahbari Usmanov Alisher Burxanovich “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                 Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018 yil 29 avgust