O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“1. 2023-yilda quyidagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilansin:

barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qatʼi nazar):

2-yanvar – dushanba, 24-aprel – dushanba, 30-iyun – juma;

olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – seshanba, 20-mart – dushanba, 22-mart – chorshanba, 22-aprel – shanba,
1-iyul – shanba, 2-sentyabr – shanba, 30-dekabr – shanba”.

2. 3-bandning beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.

3. 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Turizm va madaniy meros vazirligi” soʻzlari “Madaniyat va turizm vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi

           Prezidenti                                                                                                           Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri,

2023-yil 20-aprel