O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
G‘oyat murakkab tarixiy sharoitda faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimiz va mintaqamizda islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirish, muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyati va ezgu g‘oyalarini el-yurtimizga bezavol yetkazish, buyuk ulamo va mutafakkirlarimizning bebaho ilmiy merosini turli millatlar va elatlar orasida keng targ‘ib etish borasidagi ko‘p yillik ibratli faoliyati, xalqaro miqyosda dinlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash ishlariga qo‘shgan ulkan hissasi, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, yosh avlodni ezgulik va ma’rifat, ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi yuksak xizmatlari uchun O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon «Oliy Darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoyev