O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Gregori Miks boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston-Amerika hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga, mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga, shu jumladan, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali jalb etishdan manfaatdor.

Kongressmenlar O‘zbekistonning chet davlatlar fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni tashkil etishda hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishda faol ishtirok etayotganligini alohida ta’kidladi.

 

O‘zA