O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Qudratov Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi N.Starovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston – Serbiya hamkorligining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika sohalarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo aylanmasini ko‘paytirish va ikki mamlakat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha keyingi rejalarni ko‘rib chiqdi.

Qolaversa, ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy sohadagi shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish maqsadidagi hamkorliklar ham qayd etildi.

Tomonlar o‘zaro rag‘batlantirish va investitsiyalarni himoya qilish, shuningdek, soliqqa tortishning oldini olish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar loyihasini tayyorlashni boshlashga kelishib oldi.

Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan ishlarni davom ettirish bo‘yicha fikr almashildi.

 

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zA