Termiz shahrida Surxondaryo viloyati faollarining yig‘ilishi davom etmoqda.
Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev sektorlar faoliyatini chuqur tahlil qilib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi.
– Surxondaryoning ichki imkoniyatlaridan foydalansak, odamlarning dardiga darmon bo‘la olamiz. Imkonimiz, mablag‘imiz, viloyatning sharoiti ham bor. Lekin haligacha uyg‘onmayapsizlar. Endi hamma rahbarlar mahalla, xonadonlarga kirib, tadbirkorlar bilan ishlaydi. Men nega “mahallabay”, “mijozbay” deyapman? Odamlarda ishonch hosil qilsak, 10 nafar yoshning bandligini ta’minlasak, oilaning bir bosh sigiri ikkita, yuzta tovug‘i 120-200 ta bo‘lsa, o‘shanda daromad bo‘ladi, turmushi o‘zgaradi. Odamlarga daromad bersak, jamiyatda jinoyat bo‘lmaydi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA