2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar dastlab Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli masalani ko‘rib chiqdilar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabariga ko‘ra, majlisda xalq vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarlari, “Adolat” SDP fraksiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbarlari lavozimiga nomzodlarni ko‘rib chiqdilar.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zuhra Ibragimovaning nomzodi “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Xayrullo G‘afforovning nomzodi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi rahbari lavozimiga ko‘pchilikning ovozi bilan saylandi.

 

O‘zA