O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining q a r o r i

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6200-son farmoni ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-илоvaгa muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasi 2-илоvaгa muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining tuzilmasi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi 3 va 4-илоvaлaргa muvofiq;

Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi 5-илоvaгa muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi irrigatsiya tizimi boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 6 va 6a-илоvaлaргa muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahar) irrigatsiya bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 7 va 7a-илоvaлaргa muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi 8-илоvaгa muvofiq;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi
hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari huzuridagi meliorativ ekspeditsiyalar apparatining namunaviy tuzilmasi 9-илоvaгa muvofiq;

Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari apparatining namunaviy tuzilmasi 10-илоvaгa muvofiq tasdiqlansin.

2. Suv xo‘jaligi vaziriga:

zarur hollarda Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, shuningdek, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlar tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirish kiritish;

yirik gidrotexnika inshootlarining, eng avvalo, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda, qurilishida va ekspluatatsiya ishlari olib borilishida xavfsizlik choralari ko‘rilishi yuzasidan buyurtmachi, loyiha va pudrat tashkilotlari hamda suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning javobgarligini oshirish vazifalarini belgilash;

yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari
va boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi sifatida jalb etish huquqi berilsin.

3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021 yil 6 apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi ob’ektlari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6200-son farmoni bilan joriy qilingan suv xo‘jaligi vazirining:

a) suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish
va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:

suvni tejaydigan texnologiyalarni hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari, ixtisoslashuvi hamda suv va boshqa zarur resurslar bilan ta’minlanganligidan kelib chiqib joriy etishni tashkil qilish;

suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan maydonlarning hisobini yuritish hamda davlat subsidiyalarini ajratish mexanizmini avtomatlashtirish;

suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash borasida ilmiy
va ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish, suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash;

b) davlat-xususiy sheriklik va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi quyidagilar uchun shaxsan javobgardir:

suv xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va autsorsing mexanizmlarini joriy etishni rivojlantirish;

suv xo‘jaligi ob’ektlari boshqaruvini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish;

suv xo‘jaligi ob’ektlarida suvning hisobi va elektr energiyasi iste’molini raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish orqali suvdan foydalanish shaffofligini ta’minlash hamda samaradorligini oshirish;

yer usti suvlaridan foydalanish bo‘yicha davlat suv kadastrini yuritishni zamonaviy texnologiyalar yordamida takomillashtirish.

4. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligining (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tuzilmasi 11-илоvaгa muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

suv xo‘jaligida kapital qurilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning yillik, qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish;

suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarining manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlash;

suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish
va ta’mirlash-tiklash ishlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va bosh pudrat tashkilotlarini tanlov (tender) asosida aniqlashni hamda tegishli shartnomalar rasmiylashtirishni tashkil qilish;

suv omborlari va boshqa toifalangan suv xo‘jaligi ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqish hamda ekspertiza qilish, shuningdek, ularning xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

5. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tuzilmasi 12-илоvaгa muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

suv xo‘jaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda – XMI va XHMT) mablag‘lari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish;

suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XHMT mablag‘larini jalb qilish;

XMI va XHMT mablag‘lari ishtirokidagi xorijiy investitsiya loyihalari manzilli ro‘yxatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;

suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan, XMI va XHMT mablag‘lari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

suv xo‘jaligi sohasidagi xorijiy, shu jumladan, XMI va XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha tender savdolari asosida bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish;

loyihalar va subloyihalar amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, shuningdek, buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash.

6. Belgilansinki:

Agentlik faoliyati Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;

Agentlik Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy manzilidagi “A” binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;

Markaz Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhlari loyihalarini amalga oshirish guruhining shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;

Markazga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda suv xo‘jaligi vazirining taqdimnomasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi;

Markaz direktori maqomi tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlari bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi;

Markaz faoliyati Davlat byudjeti mablag‘lari, XMI va XHMT mablag‘lari, Markaz buyurtmachi bo‘lgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan qurilish ishlaridan ajratmalar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi;

Markazga Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1a-uy manzilidagi “A” blokning 2 va 3-qavatlari tekin foydalanish huquqi asosida beriladi.

Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R.Xamrayev) va Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) tegishli xalqaro moliya institutlari bilan kelishilgan holda suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida uch oy muddatda:

Agentlikning ob’ektlarda texnik nazoratni amalga oshiruvchi mutaxassislari mehnat me’yorini belgilash bo‘yicha normativlar tasdiqlanishini;

Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning qarz (kredit) kelishuvlari muddatlari uzaytirilishini;

Markaz xodimlarining oylik ish haqi ikki barobarga oshirilishini ta’minlasin.

8. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A.Pekos) Agentlik hamda Markazning buyurtmanomalariga muvofiq ularni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlasin.

9. Suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 13-илоvaгa muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

10. Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh.R.Xamrayev) bir oy muddatda:

Suv xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalarini, shuningdek, Agentlik va Markazni zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga, yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;

Suv xo‘jaligi vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va ular rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlari va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan mutlaqo yangi tizimini joriy etish, yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati hamda samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin.

11. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

Suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni;

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni;

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 oktyabrdagi “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-son qaroriga 14-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari
15-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

14. Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M.G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

          Prezidenti                 Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021 yil 6 aprel