Toqayev Islohotlar boʻyicha Oliy kengashning birinchi majlisi sanasini maʼlum qildi

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev maslahatchi Suma Chakrabarti bilan Islohotlar boʻyicha Oliy kengashning birinchi majlisi kun tartibini muhokama qildi.

Mazkur majlis 21-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi, deb xabar bermoqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi Qozogʻiston Prezidentining “Twitter”dagi sahifasiga asoslanib.“Islohotlar boʻyicha Oliy kengash raisi oʻrinbosari, maslahatchi @SumaChakrabarti bilan uchrashuvda biz joriy yil 21-oktyabrda boʻlib oʻtadigan Kengashning birinchi majlisi kun tartibini muhokama qildik. Asosiy islohotlar koʻrib chiqildi, ularni ishlab chiqishni imkon qadar tezroq boshlash kerak”, – deb yozgan Qozogʻiston rahbari “Twitter”da.

 

OʻzA