Dunyo boʻyicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni qanchaga yetgani maʼlum qilindi

Dunyo boʻyicha koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni yetti milliondan, vafot etganlar 404 ming kishidan oshdi, deb xabar qiladi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST).
Soʻnggi olingan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan kunda dunyoda koronavirusga chalinish bilan bogʻliq 108 ming 918 ta yangi holat aniqlangan, 3 ming 539 bemor pandemiya qurboni boʻlgan.
Shunday qilib, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 7 million 39 ming 918 kishini tashkil etmoqda, oʻlim holati 404 ming 396-marta qayd etilgan.

 

OʻzA