O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida bu yangilikka alohida e’tibor qaratdi.
2017-yil mahalla fuqarolari yig‘inlari kafilligi asosida 152 nafar, Yoshlar ittifoqi kafilligi asosida 18 nafar, xotin-qizlar qo‘mitalari kafilligi asosida 3 nafar, jami 173 nafar fuqaroga nisbatan jazo tayinlashda jamoatchilik kafilligi e’tiborga olingan. Bu fuqarolarning 38 nafarini yoshlar, 18 nafarini voyaga yetmaganlar, 11 nafarini ayollar tashkil etgan.
“Ana shunday ishlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha 63 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilindi, 11 nafar shaxs javobgarlikdan ozod qilindi, 97 nafar shaxsga nisbatan yengilroq jazo turi qo‘llandi”, dedi davlatimiz rahbari.