O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi arafasida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2 ming 700 nafar sudlanganlarni afv etish, jumladan, turli holatlarda jinoyat sodir etgan, qilgan ishidan qattiq pushaymon bo‘lgan va to‘g‘ri yo‘lga kirgan, turar-joyi hamda jazoni o‘tash muassasalarida ijobiy tavsif olgan 956 shaxsni jazoni o‘tash koloniyalaridan ozod qilish to‘g‘risida farmon imzolandi.

Afv etish to‘g‘risidagi hujjatga muvofiq sudlanganlar tez orada oilasi bag‘riga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylanishi uchun jamiyatga qaytish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu haqdagi material bilan kengroq tanishish uchun saytimizni kuzatib boring.

 

O‘zA