Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hisor davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma zonasini belgilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Hisor davlat qoʻriqxonasining unga tutash hududlardagi 11 231,3 gektarga teng qoʻriqlanma zonasi belgilandi. Shu bilan birga, Hazrati Sulton platosi, Suvtushar daryosining bir qismi, dinozavr izlari va Amir Temur gʻori obyektlari qoʻriqxona hududidan uning qoʻriqlanma zonasiga oʻtkaziladigan boʻldi.
Yaqin istiqbolda mazkur obyektlarda ziyorat turizmi va ekologik turizmni tashkil qilish choralari koʻrilishi va buning uchun investorlar jalb qilinishi koʻzda tutilgan.
Endi Oʻzbekistonda dinozavr izlarini koʻrish, suvtushar sharsharalarini tomosha qilish, Hazrati Sulton platosi yoki Amir Temur gʻorlariga sayohat qilish, shu kabi soʻlim va sirli manzillarni ziyorat qilish istagida boʻlganlar uchun ushbu qaror qulay imkoniyatlar taqdim etadi.
OʻzA