Prezident Bishkekka keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Bishkek shahriga keldi.
Bishkek, 13 iyun. 
O‘zA maxsus muxbiri 
Ziyodulla JONIBEKOV xabar qiladi.
Manas xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziev kutib oldi.
ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisining kun tartibidan ustuvor yo‘nalishlarda, jumladan, siyosat, iqtisodiyot va xavfsizlik sohalarida ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
4c49ebd9-d862-2b3e-4ece-9a625d195e58.jpg
Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi, shuningdek, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali sheriklikni, jumladan, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston ShHT doirasidagi barcha tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. A’zo davlatlar bilan birgalikda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda.
8bf140d6-ad9c-b55d-14fb-04ea3f920bb9.jpg
Tashkilotning asosiy maqsadlariga erishish Markaziy Osiyoning xavfsizligi va barqarorligiga bevosita bog‘liq. Xalqaro tahlilchilar keyingi yillarda O‘zbekistonning mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhitni qaror toptirishda alohida o‘rin tutayotganini qayd etmoqda. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan qisqa vaqtda mintaqadagi o‘tkir muammolar, jumladan, chegara, savdo, transport va suvdan foydalanish masalalari hal etila boshladi.
24c9d78a-618e-8b24-4002-9c4c64ec80ad.jpg
Davlatimiz rahbari ShHTning Ostona (2017) va sindao (2018) sammitlarida ilgari surgan muhim tashabbuslar ham hayotda o‘z amaliy ifodasini topmoqda. Xususan, sindaoda Davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati, o‘tgan yilning sentabrida Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar temir yo‘l bo‘yicha idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi, mamlakatimiz rahbarining 2018 yil 26 iyundagi qarori bilan poytaxtimizda ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi ta’sis etildi. Shu bilan birga, Samarqand shahrida “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti tashkil etildi. Joriy yilning ikkinchi yarmida esa a’zo davlatlardagi yoshlar tashkilotlari ishtirokida Axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish hamda Startap tashabbuslari va loyihalari bo‘yicha forumlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
acc0cc43-bb09-4eb6-035f-f5921a5360d2.jpg
Prezident Shavkat Mirziyoev bugun qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
Sammitning asosiy tadbirlari 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
b8113c28-b5dd-9ea1-ddf1-1aa4dedc8b17.jpg

 

O‘zA