Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqdilar.
Taqdim etilgan hisobot palataning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasida, siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Ekoharakat deputatlar guruhi, parlament qoʻmitalarining majlislarida dastlabki tarzda koʻrib chiqilgan edi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari Yorqin Tursunov taqdim etdi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini tubdan rivojlantirish boʻyicha olib borilgan islohotlar ijrosi 2019-yil birinchi choragi davomida iqtisodiyotning barqaror, muvozanatlashtirilgan holda rivojlanishi hamda iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini taʼminladi.
Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish davomida deputatlar Davlat byudjeti daromadlarining shakllanishi va xarajatlarining sarflanishi holatini tahlil qildilar. Unga koʻra, joriy yilning 1-choragida Davlat byudjeti daromadlari 23 trillion 65,9 milliard sŭmni tashkil qildi va ŭtgan ĭilning mos davriga nisbatan 62,9 foizga ŭsdi hamda belgilangan 21 trillion 123,6 milliard sŭm reja 1 942,3 milliard sŭmga ortigʻi bilan yoki 109,2 foizga bajarilgan. Oʻz navbatida, Davlat byudjeti daromadlarining Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 25,3 foizni tashkil qilgan.
Hisobot davrida xarajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilgani saqlab qolindi. Davlat byudjetining barcha darajasida mutanosiblikni taʼminlash, sanoat va xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlash, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, Prezident va Hukumat tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish Davlat byudjeti ijrosining ustuvor yoʻnalishlari boʻldi.
Shu bilan birga, 2019 ĭilning 1-choragi mamlakatimizning siyosiy va iqtisodiy hayotida yana bir muhim voqea bilan yodda qolganligini taʼkidlash lozim. Joriy yilning 13-fevral kuni Ŭzbekiston oʻz tarixida birinchi marta 5 ĭillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 ĭillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan Yevropa bozoriga joĭlashtirdi. Bu esa davlatimizga koʻplab iqtisodiy imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
Deputatlar Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining joriy yil birinchi choragidagi ijrosi yakunlarini muhokama qilar ekan, keyingi paytlarda mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga, xususan, mehnatga haq toʻlash hamda pensiyalar tayinlash tizimini takomillashtirish masalalariga katta eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.
Xususan, joriy yil 21-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Qayd etish joizki, ilgari xodimlar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini aniqlash borasida juda koʻp savollar tugʻilar, muammolar yuzaga kelar edi. Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni bilan tartib-taomillar takomillashtirilishi munosabati bilan bu boradagi masalalar ham oʻz yechimini topadigan boʻldi.
Deputatlar parlament aʼzolari tomonidan joylardagi haqiqiy holatni oʻrganish hamda nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida Davlat byudjeti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish borasida hali yechimini kutayotgan masalalar borligiga ham eʼtibor qaratdilar. Shu bilan birga, hududlarning resurs salohiyatini toʻliq amalga oshirish, byudjet mablagʻlaridan yanada samarali foydalanishni taʼminlash, mahalliy byudjetlar daromadini oshirish borasida joylarda mavjud imkoniyat va rezervlarni toʻla ishlatishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.
Muhokamalar davomida deputatlar mahalliy davlat organlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini oshirish, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining kelgusi davr uchun oʻz vaqtida, sifatli ijro etilishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish, buning uchun xalq deputatlari tegishli Kengashlari bilan hamkorlik qilish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab olish zarurligini taʼkidladilar.
Majlis yakunlariga koʻra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2019-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot yuzasidan tegishli qaror qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati
OʻzA