”Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” tanlovi avvalgi yillardan nimasi bilan farq qiladi?

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkaziladi. Joriy yil ham “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi – 2019” respublika tanloviga start berildi.
Tashkilotchilar tomonidan shaffoflikni ta’minlash va keng ommani jarayonga jalb etish maqsadida tanlov nizomiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, oliy ma’lumotli, kamida 3 (uch) yillik pedagogik stajli, ikkinchi va undan yuqori malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar tanlovda qatnashadi. Ishtirokchilar joriy yilning 18 martidan 5 apreliga qadar Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb-saytida tashkil etilgan sahifada onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
Shuningdek, hujjatlar soni 10 tadan 5 taga qisqartirildi va barchasi elektron shaklga o‘tkazildi. Shartlar 5 tadan 3 taga qisqartirildi. Tanlovni adolatli o‘tkazish uchun hakamlar hay’ati tarkibiga barcha hududlardan teng miqdorda vakil olinadi.
Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari mos ravishda eng kam ish haqining 15, 12, 8 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Amaliyotga tatbiq etilgan bu o‘zgarishlar o‘zini oqlaydimi? Tanlov jarayonida buni kuzatish va baholash imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.

 

Barno Meliqulova, O‘zA