“Fidokor yoshlar” patrul guruhi oʻz faoliyatini boshladi

Yurtimizda aholi tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.
Joriy yil 25 fevral sanasida Nukus tumanida “Fidokor yoshlar” patrul guruhi tashkil etildi.
photo5449599851609304488.jpg
Guruhga harbiy xizmatga chaqiriluvchilar, oliy harbiy bilim yurtlari va ichki ishlar organlariga nomzodlardan iborat 18 yoshdan 30 yoshgacha 58 faol yosh aʼzo boʻldi.
Guruh aʼzolari bilan tuman hududidagi masʼul tashkilot rahbarlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda tuman hokimi oʻrinbosari M.Tadjetov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi rahbari Q.Moyatdinov va ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari U.Tileoʻmuratovlar soʻzga chiqib, qaror mazmuni va maʼnosi toʻgʻrisida haqida tushunchalar berdi.
Tadbir yakunida “Fidokor yoshlar” patrul guruhiga maxsus forma topshirildi.
T.Seytnazarova,
Qoraqalpogʻiston axborot agentligi muxbiri

 

OʻzA