“Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga qoʻshimcha shtat beriladi

Tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq boʻlgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Xalq taʼlimi vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, shuningdek, tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq boʻlgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat birliklarini kiritadi.

 

OʻzA