Bu yil Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi nishonlanmoqda. Xalqimiz adabiy, maʼnaviy kamolot timsoliga aylangan bobomizning bebaho merosini sevib eʼzozlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasida “Yor oʻlung bir-biringizgaki, erur yorligʻ ish” mavzusida adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi.
Unda ishtirok etgan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari K.Eshonxoʻjayev va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori Sh.Sirojiddinov va boshqalar insonparvar shoir asarlaridagi ezgu gʻoyalar hayotiy oʻlmas ekanligini alohida taʼkidladi.
Tadbirda Alisher Navoiy asarlarida millatparvarlik, xalqparvarlik, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik gʻoyalarining ulugʻlanishi, komil inson mavzularida maʼruzalar tinglandi.
Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA