Oʻzbekiston va Tojikiston davlatlararo chegara chizigʻini demarkatsiya qilishga tayyorgarlikni davom ettirmoqdalar

2019-yilning 21-27-yanvar kunlari Dushanbe shahrida Oʻzbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chogʻida tegishli normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlandi. Buning asosida demarkatsiya ishlarini oʻtkazish uchun hududlarda davlat chegarasi chizigʻini aniqlash boʻyicha muzokaralar jarayonini boshlanadi.
Uchrashuv anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro tushunish muhitida oʻtdi.
Tadbir yakuniga koʻra Bayonnoma imzolandi.

 

O’zA