Amalga oshirilgan 80,9 million dollarlik 103 investitsiya loyihasining 61 tasi yangi quvvatlar va 42 tasi modernizatsiya jarayonlaridir

Soʻngi besh yil “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi uchun sermazmun yil boʻldi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash hamda yangi quvvatlarni qurib ishga tushirish boʻyicha bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilib, zamonaviy tejamkor texnologik uskunalar oʻrnatildi. 
Non, makaron, yorma, qandolat, qop sexlari, muzlatgichli ombor Rossiya, Germaniya, Ukraina, Koreya, Tayvan va Italiyaning zamonaviy texnologiyalari asosida yangidan qurildi va tegirmon, omixta yem, urugʻlik sexlari zamonaviy texnologik uskunalar asosida qayta jihozlandi.
Amalga oshirilgan 80,9 million dollarlik 103 investitsiya loyihasining 61 tasi yangi quvvatlar va 42 tasi modernizatsiya jarayonlaridir.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA