Adliya vazirligining huquqiy axborot kanali xabariga koʻra, Rovshan Shavkatovich Izamov Hukumat qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining raisi etib tayinlandi.

“Oʻzbekiston Respublikasida sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori bilan Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi tashkil etilgan edi.

Xalqaro standartlarga mos sogʻliqni saqlash infratuzilmasini yaratishga, shu jumladan, tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarini zamonaviy uskunalar va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash Milliy palataning asosiy vazifaci hisoblanadi.

 

OʻzA