Shayx Muhammad Avvoma Hafizahulloh tadqiqot, tahqiq va taʼliq masalasida benazir

Islom dunyosining mashhur olimi shayx Muhammad Avvoma hazratlari yurtimizda mehmon boʻlib turibdi.

Fazilatli ustoz, alloma,muhaqqiq, muhaddis shayx Muhammad ibn Muhammad Avvoma 1940-yil 1-yanvarda Suriyaning Halab shahrida tugʻildi. Alloma asosiy ilm tahsilidan avval shayh Muhammad Salqiniy rahimahullohning dars xalqalariga qatnashar edi.

Soʻngra, fazilatli alloma, shayx Abdulloh Sirojiddin hazratlaridan taʼlim ola boshladi. 1957-yildan esa, alloma, fazilatlishayx Muhammad Abdulfattoh Abu Gʻudda rahimahullohdan ham dars ola boshladi.

Ushbu ikki ulugʻ allomalar Muhammad Avvomaning asosiy ustozlari boʻlib,U ushbu ikki zotning xos va eng ilgʻor shogirdiga aylandi.

meditor_file_1537607343.jpg

U 1962-yil Islom shariati kulliyotiga oʻqishga kirib, 1967-yil oʻqishni tamomlagach, ustozlari shayx Abdulloh Sirojiddin hazratlari tavsiyasiga koʻra Shaʼboniya madrasasida dars bera boshladi. Shu yilning oʻzida uni ushbu madrasaga muallim va kutubxona boshligʻi qilib tayinlashdi. 1979-yil Suriyadan ketguniga qadar ushbu madrasada taʼlim berib, baʼzi vaqtlarda ushbu madrasani boshqardi.

Alloma Misrga safar qilib, u yerda koʻplab katta allomalar bilan uchrashdi. Ular ichida: Shayx Ahmad ibn Siddiq Gʻumoriy, shayx Abdulloh ibn Siddiq Gʻumoriy, shayx Abdulvahhob Abdullatif, shayx Muhammad Abu Zahra rahimhumullohlar ham bor edi.

Muhammad Avvoma hazratlari juda zakiy fahm va oʻtkir tafakkurga ega boʻlib, Halab ahli uni bu xislatlarini munosib qadrlab, ikki buyuk alloma ustozlari qatorida koʻrishar edi.

Yosh yigitlik davridanoq, shayx “Raud” masjidiga ustozlikka tayinlangan boʻlib, bu masjid oʻsha vaqtda ilm markazi hisoblanardi.

Muhammad Avvoma hazratlarining ustozi, alloma, shayx Abdulfattoh Abu Gʻudda rahimahulloh u haqida shunday degan: “Muhammad Avvoma mening kechagi kunlardagi shogirdim va bugungi kundagi doʻstimdir”.Katta alloma zot, shogirdining ilmini munosib qadrlab“Muhammad Avvoma – buyuk olim va tadqiqotchidir”, degan edi.

meditor_file_1537621819.jpg

Shayx Muhammad Avvoma 1980-yil Madinai munavvaraga koʻchib oʻtdi. U yerdagi Islom universitetiga joylashib, “Paygʻambar alayhissalom sunnatlari va siyratlari”nomli boʻlim ochdi.

Muhmmad Avvomaning birinchi tahqiqi “Ittihoful muhra” kitobiga bagʻishlangan edi. U 1986-yil Islom tarixi kulliyotiga asos soldi. 12 yil mobaynida “Dorul qibla” nashriyotida ham ishladi.

Alloma daqiq uslub vakeng qamrovli fikrga ega boʻlib, uning “Asar al-hadis ash-sharif fiy ixtilof al-aimma al-fuqaho” va “Adabul ixtilof fiy masoil al-ilm vaddiyn” kitoblari bu xislatlarini tasdiqlaydi.

Allomaning jarh va taʼdilga oid fikrlari keng qamrovli va ajib misollardan iboratdir.

Alloma tadqiqot, tahqiq va taʼliq masalasida benazirlardan boʻlib, shayx Muhammad Said Tantoviy rahimahulloh u haqida “Olamda tadqiqot boʻyicha biron bir kishini Muhammad Avvomadan ilmliroq ekanini bilmayman”, debbejizga aytmagan edi.

Allomaning “Asar al-hadis ash-sharif fiy ixtilof al-aimma al-fuqaho”, “Adab al-ixtilof fiy masoil al-ilm vad-din” nomli asarlari bir necha tillarga tarjima qilinib, Islomiy oʻquv yurtlarida darslik sifatida oʻqitiladi.

meditor_file_1537706794.jpg

Allomaning asarlari

Musnadu Umar ibn Abdulaziz. Alloma ushbu kitobning hadislarini sharhlab, uning rivoyatlarini mukammallashtirib, hadislarning roviylarni yozgan.

Al-Ansob lis-Samʼoniy. Ushbu asarning bir qismini sharh qilgan.

Taqrib at-Tahzib. Hofiz ibn Hajar kitobi tahqiqi.

Al-Koshif liz-Zahabiy.

Majolisu ibn Nosiriddin ad-Dimashqiy.

Min sihoh al-hadis al-qudsiyya.

Al-muxtor min faroid an-nuqul val-axbor.

Al-qavl al-badiʼ fis-solati alal habib ash-shafiʼ sollallohu alayhi vasallam.

Sharhu Sunan Abu Dovud. Tahqiq va taʼliq qilgan.

Shamoili Muhammadiyya. Imom Termiziyning kitoblari tahqiqi.

Musonnaf ibn Abi Shayba. Tahqiq va taxrij va nasslarini quvvatlagan. Ushbu asar oʻn olti yillik mehnat samarasidir.

Dirosatu hadisiyya.

Xutuvot al-manhajiyya.

Rivoya al-hadis ash-sharif bilmaʼno.

Maolim al-irshodiyya lisanoʻa tolib ilm.

Hujjiyatu afʼoli Rasululloh sollallohu alayhi vasallam usuliyyan va hadisiyya.

Tadrib ar-roviy. Tahqiq.

Alloh taolo shayx Muhammad Avvoma hazratlarini Oʻz panohida asrasin!

Sunnatulloh Abdulbosit
Toshkent viloyati Sobirxon ota jome masjidi imom-xatibi

 

OʻzA