Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Iordaniya bilan durang oʻynadi

Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatining dastlabki saralash bosqichida guruhning dastlabki bahsini Iordaniyaga qarshi oʻtkazishi haqida xabar bergan edik.
Kolombodagi “Markaziy” stadionida oʻtkazilgan bahs nihoyasiga yetdi. Ushbu bahsda Ilhom Xanjariyev shogirdlari Iordaniya bilan murosa koʻchasini tanlashdi. 0-0 hisobidagi durangdan soʻng ikkala terma jamoa 1 ochkodan boʻlishib olishdi.
Oʻzbekiston U-16 ayollar terma jamoasi keyingi bahsini 19-sentabr kuni Guam U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

 

O’zA