Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi besh kunlik yigʻin boshladi

Otabek Gʻulomxoʻjayev boshchilik qilayotgan Oʻzbekiston U17 terma jamoasi Toshkentda yigʻin boshladi. U 13 sentyabr sanasiga qadar davom etadi. Bu haqida O’FA matbuot xizmati xabar qildi.
Bosh murabbiy mazkur yigʻinga 25 nafar futbolchini jalb qildi. Ular toʻrt kun davomida mahalliy jamoalarga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushadi. Murabbiylar shtabi ishonchini oqlagan futbolchilar oktyabr oyida boʻlib oʻtadigan Ispaniyadagi xalqaro turnirda Oʻzbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.
25 futbolchidan toʻrt nafari 2002-yilda, qolganlari esa 2001-yilda tavallud topgan. Ular ayni vaqtda 8 ta klub sharafini himoya qiladi: “Navbahor”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Nasaf”, AGMK, “Neftchi”, “Xorazm” va “OʻzDongJu”. Yigʻinga jalb etilgan futbolchilar bilan quyidagi roʻyxat orqali tanishib olish mumkin.
Darvozabonlar:
Abduvohid Neʼmatov — “Nasaf”
Asad Polvonov — “Nasaf”
Moʻminrizo Qodirov — “Bunyodkor” (2002)
Himoyachilar:
Sodiq Ortiqov — “Navbahor”
Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”
Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”
Eldor Begimov — AGMK
Avaz Mamajonov — AGMK
Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”
Odil Abdumajidov — “OʻzDongJu”
Yarim himoyachilar:
Behzod Shamsiyev — “Paxtakor”
Alisher Odilov — “Paxtakor”
Joʻrabek Ergashev — “Paxtakor”
Xurshid Ubaydullayev — “Bunyodkor” (2002)
Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor” (2002)
Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”
Ibrohim Ibragimov — “Buxoro”
Abubakir Turdialiyev — “Nasaf”
Javohir Yusupov — “Neftchi”
Hujumchilar:
Xushnud Bozorov — “Paxtakor”
Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”
Rustam Azimov — “Paxtakor”
Muhammadqodir Rahimbergenov — “Xorazm”
Ruslan Roʻziyev — “Paxtakor” (2002)
Abdulloh Gʻaybullayev — “Bunyodkor”
Futbolchilar terma lageriga kecha — 9-sentabr kuni tushdan keyin tashrif buyurgan. Bir kun avval U18 ligasida oʻyinlar boʻlgani uchun, futbolchilar kecha asosan tiklanish mashgʻulotlarini oʻtkazgan.
“Tarkibga jalb qilingan futbolchilar toʻlaqonli asosiy tarkib aʼzolari demagan boʻlardim. Biz bir-biridan qolishmaydigan 2—3 tarkib tuzib olishni niyat qilganmiz. Ular doim oʻzaro raqobatda boʻladi. Bugun yaxshiroq koʻrinayotgan futbolchi oʻsishdan toʻxtayotgani sezilsa, uning koʻrsatkichlari pasayib ketmasligi uchun borimizcha harakat qilamiz. Shu bilan birgalikda ayni vaqtda termada yoʻq, biroq oʻyini tobora kuchayib borayotgan yoshlar keyingi yigʻindan albatta joy oladi”, — deydi Otabek Gʻulomxoʻjayev.
Murabbiy bungacha Qoʻqon, Namangan, Qarshi, Buxoro va Toshkent shaharlarida boʻlib, U17 termasining kengaytirilgan roʻyxatidan joy olgan futbolchilarni koʻzdan kechirib olgandi. Sentyabr davomida mutaxassis mamlakatning yana bir qator shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirgan. Bunda ayniqsa Superliga klublari qoshidagi U18 jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvlar jiddiy kuzatib boriladi. Allaqachon asosiy tarkib bilan shugʻullanayotgan yoshlar esa doimo terma murabbiylari kuzatuvi ostidadir.

 

O’zA