Bugun Oʻzbekiston MTJ Ektor Kuper qoʻlostida ilk oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi

Bugun Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Ektor Kuper boshchiligidagi ilk oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazadi.
Vakillarimiz Suriya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Uchrashuv “Milliy” stadionda soat 20:00da boshlanadi. Oʻzbekiston – Suriya oʻrtoqlik oʻyini uchun chiqarilgan chiptalarni stadion kassalaridan xarid qilish mumkin.
Mazkur oʻyinni turkmanistonlik hakamlar boshqarib borishadi.
Oʻrtoqlik oʻyini
6 sentyabr, Toshkent. 20:00
Oʻzbekiston – Suriya
Hakamlar: Chorimurod Qurbonov, Polvon Polvonov, Axmat Beknazarov (barchasi Turkmanistondan)

 

O’zA