Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalqaro maqom sanʼati anjuman tashkiliy qoʻmitasi hamda Matbuot markazi tomonidan maqom sanʼati ijrochilari hamda ushbu yoʻnalishga qiziquvchilar oʻrtasida “maqomchallenge” tanlovi oʻtkazildi. Mazkur tanlov nafaqat tajribali xonandalar, sanʼat ustalari, balki yurtdoshlarimiz tomonidan ham katta qiziqish bilan kutib olindi. Buni Instagram, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan videoroliklardan ham koʻrish mumkin.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, ushbu tanlov gʻoliblari vazirlik tomonidan aniqlanadi va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlanadi.
OʻzA