Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman sudining 2024 yil 17 oktyabrdagi ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan ikki nafar farzand javobgar J.P. va G.A.lardan da’vogar R.A.ning tarbiyasiga olib berish belgilandi.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Xususan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan javobgarning yashash manziliga bormasdan, shovqin-suron bo‘lishi oldini olgan holda javobgarlar va da’vogar Byuroga chaqirildi. Ularga sud qarori ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari haqida tushuntirish berildi. Shuning natijasida, javobgarlar tomonidan shu yerning o‘zida bolalar ixtiyoriy ravishda onasi bag‘riga qaytarilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri