Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Kun tartibidagi asosiy masalalar – Buxoro viloyati misolida tadbirkorlarga ko‘proq sharoit yaratish, har bir tumanni ixtisoslashtirish, energiyadan oqilona foydalanish, yashil manbalarni ko‘paytirish, tuman idoralarini samarali ishlashga o‘rgatish ko‘rib chiqildi.

Ikki oy oldin Buxoroga tashrifda hamma muammolar yechimi ko‘rsatib berilgan edi. Tashrifdan keyin viloyatga 1,4 trillion so‘m ajratildi. Bugun Prezident tomonidan imzolangan qarorlarga muvofiq viloyatga tadbirkorlik uchun qo‘shimcha 60 million dollar, infratuzilmaga 40 million dollar ajratiladi.

Viloyat hokimi, uni o‘rinbosarlari, tuman hokimlari shunga munosib ishlab, joylardagi tashkilotlar oldiga aniq vazifa, xodimlariga KPI belgilab, har kuni aniq natijaga ishlashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kelgusida har bitta tarmoq va viloyatdagi haqiqiy ahvol shunday tahlil qilinib, muhokama o‘tkazilishi belgilandi.

O‘zA