Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Miyazaki muzofoti yaqinida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi va sunami xavfi e’lon qilindi.

Mamlakat bosh meteorologiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan 16.43 da kuzatilgan. Zilzila manbai Tinch okeanining bir qismidagi Xyuga-Nada dengizida, 30 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.

Kagosima prefekturasida besh magnitudali silkinish sezilgan. Qurbonlar va vayronagarchilik haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Hodisadan so‘ng Kyusyu oroli sharqiy qirg‘og‘i, shuningdek Sikokuning g‘arbiy va janubiy hududi uchun sunami xavfi e’lon qilindi.